Fargʻonada mikroavtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi

18:33 13 May 2024 Jamiyat
207 0

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida mikroavtobus yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 12-may kuni soat 18:30 larda Oltiariq tumanida 48 yoshli haydovchi I.M. “JAC Sunray” rusumli mikroavtobusni boshqarib ketayotib, oʻzidan oldinda harakatlanib, chapga qayrilish uchun toʻxtab turgan 50 yoshli M.A. boshqaruvidagi “Howo Sinotruk” rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga borib urilgan.

Oqibatda mikroavtobus ichida boʻlgan 19 yoshli yoʻlovchi M.N. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Oltiariq IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryoda “Tracker” yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?