Fargʻonada “Mahalladagi beshlik hamkorligi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari oʻtkazildi
Fargʻonada “Mahalladagi beshlik hamkorligi” mavzusida viloyat tajribasini ommalashtirish maqsadida respublika ilmiy-amaliy seminari oʻtkazildi.
Fargʻonada “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” tamoyili asosida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, bandlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha “Mahalladagi beshlik hamkorligi” tizimini yoʻlga qoʻyishda viloyat tajribasini ommalashtirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari – oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, qoʻshni Namangan va Andijon viloyatlari shahar va tumanlari hokimlari oʻrinbosarlari – oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari, sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, ichki ishlar vazirligi sohasida xizmat qilayotgan xotin-qizlar hamda tegishli mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Bosh vazir oʻrinbosari Zulayho Mahkamova, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova va boshqalar Margʻilondagi Erkin Vohidov nomidagi istirohat bogʻida oʻtkazilgan seminarda soʻzga chiqishdi.
Tadbirda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktikani tashkil etish mexanizmi boʻyicha Fargʻona tajribasi, “Tarbiyaning bosh maktabi – ota-ona ibrati” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarga asosiy eʼtibor qaratildi.
—Ikki kun davom etgan seminarda qatnashchilar Margʻilon shahrida “Bir hunarmandga oʻn shogird” loyihasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Komila Kavlonova. — Shuningdek, Oltiariq tumanida “Sogʻlom oilani shakllantirish”, “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati doirasida amalga oshirilgan ishlar, Rishton tumanida tadbirkor ayol Muhayyo Sattarova faoliyati, Beshariq tumani mahallalarida yangicha yondashuv asosida qoʻlga kiritilgan yutuqlarni oʻrganishdi.
Seminar davomida Qoʻqon shahrida xotin-qizlar bandligini taʼminlagan tajribali tadbirkor ayollar ishtirokida “Tadbirkor ayol – jamiyat islohotchisi” mavzusida biznes forum tashkil etilib, unda viloyatda 20 mingta yangi ish oʻrinlari ochish tashabbusi ilgari surildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring