Fargʻonada mahallabay ishlashda hokim yordamchilari faoliyati qoniqarlimi?

Foto: Xalq so‘zi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida mahallabay ishlash tizimida hokim yordamchilari faoliyatini yaqindan oʻrganish maqsadida press-tur tashkil etildi.
Respublika va mahalliy OAV vakillari, blogerlar dastlab Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA bilan sheriklikda ish boshlagan kasb-hunarga oʻqitish markazida boʻldilar.
Margʻilon shahrining “Navroʻz” MFYda 7 gektar maydonda tashkil etilgan Yoshlar kichik sanoat zonasi, atlas va adras toʻqish, gilamchilik kabi hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan Hunarmandlar markazi, “Orolboʻyi” MFYdagi kosibchilikka ixtisoslashgan amaliy oʻquv markazi, poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishuv ham jurnalistlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Shuningdek, press-tur ishtirokchilari Toshloq, Quva tumanlarida boʻlib, zamonaviy va istiqbolli tadbirkorlik loyihalari bilan tanishdilar. Mahallalarda hokim yordamchilari bilan suhbatlashib, ularning yangi ish oʻrinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali aholi farovonligini yuksaltirish borasida qilinayotgan ishlarni yuqori baholadilar.
— Maʼlum boʻlishicha, yilning oʻtgan davrda viloyatimizda 1 ming 58 ta mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchilari tomonidan qariyb 760 ming xonadon toʻliq xatlovdan oʻtkazilgan, — deydi telejurnalist Ahror Ziyodov. — Shu tariqa har bir mahallaning oʻsish nuqtasi – drayveri aniqlanib, oilalar bilan ishlash boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilgan. Hozirda aholini kasb-hunarga oʻqitish, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish, auksionda yer maydonlari olishda koʻmaklashish orqali doimiy daromad manbalarini yaratish chora-tadbirlari mahalla kesimida amalga oshirilayotgani hamda bu saʼy-harakatlari oʻz natijasini bera boshlagani guvohi boʻldik.
Press-tur bugun Oltiariq, Rishton, Uchkoʻprik, Bagʻdod hamda Buvayda tumanlarida davom etadi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring