Fargʻonada madaniyat va sanʼat xodimlari kuni tantanali nishonlandi

17:59 15 Aprel 2022 Jamiyat
361 0

Foto: Халқ сўзи

15-aprel – Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni munosabati bilan Fargʻona shahridagi viloyat teatr-konsert saroyida soha xodimlari uchun bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.

Tadbirda uzoq yillar mobaynida fidokorona xizmat qilib kelayotgan 8 nafar soha xodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni topshirildi.

Shuningdek, milliy madaniyat va sanʼatimizning dunyo darajasida nufuzini oshirish, iqtidorli yoshlarning qobiliyatini roʻyobga chiqarishda faol hissa qoʻshgan bir guruh hamyurtlarimizga Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining maxsus tashakkurnomasi, diplom va esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

Bayram dasturi davomida fargʻonalik sanʼat ustalari, Oʻzbekiston xalq artistlari Sultonali Mannopov, Shafoat Rahmatullayeva, Yorqinoy Hatamova kabi faxriy sanʼatkorlarning umr yoʻli videorolik orqali ibrat sifatida namoyish etildi.

Fargʻonalik sanʼat ustalari va yosh isteʼdodlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada fayz baxsh etdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?