Fargʻonada “Lacetti” katta tezlikda daraxtga borib urildi

09:20 24 Noyabr 2021 Jamiyat
507 0

Fargʻona viloyatida “Lacetti” rusumli avtomashinaning daraxtga toʻqnashuvi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea Oltiariq-Vodil avtomobil yoʻlining 68-kilometrida sodir boʻlgan. YTHga haydovchining boshqaruvni yoʻqotgani sabab boʻlgan. U daraxtga borib urilgan, oqibatda salonda boʻlgan yoʻlovchilar shifoxonada vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?