Fargʻonada Koreyaga oʻqishga  va ishga yuborishni vaʼda qilganlar ushlandi

19:25 15 May 2024 Jamiyat
71 0

Фото:

Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida Koreya davlatiga oʻqishga  va ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. 

Unda fuqaro A.X. fuqaro M.E.ning ishonchiga kirib, uning farzandi M.Z.ni 10 000 AQSH dollari evaziga Koreya davlatiga oʻqishga  va ishga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер