Fargʻonada Koreya kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan Yoshlar taʼlim markazi foydalanishga topshirildi

13:00 06 Oktyabr 2022 Jamiyat
347 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona shahrida Koreya Respublikasining Posco International Textile kompaniyasi tomonidan bunyod etilgan Yoshlar taʼlim markazi tantali ravishda foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi Sang ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqan ushbu markaz yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga qiziqtirish, xorijiy tillar, axborot texnologiyalarini oʻrgatishga katta hissa qoʻshishiga ishonch bildirdilar.

Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining “Xalq soʻzi” muxbiriga maʼlum qilishicha, kompaniya tomonidan qurilish va jihozlash ishlari uchun 550 ming dollar miqdorida mablagʻ sarflandi. Ezgu tashabbusga koʻra, markazda fargʻonalik yoshlarga ingliz tili va axborot texnologiyalari boʻyicha uch oylik bepul oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Ayni paytda ushbu yoʻnalishda 20 nafar oʻquvchi taʼlim olayotgan boʻlsa, kelgusida oʻquvchilar sonini 60 nafarga yetkazish koʻzda tutilgan. Shuningdek, yangi markazda viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat olib boruvchi ishchi-xodimlar uchun kasbiy malaka oshirish kurslari ham yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?