Fargʻonada “Kitobxonlik haftaligi” katta tantana bilan boshlandi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida “Oʻzbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida oʻtkaziladigan anʼanaviy kitobxonlik haftaligi boshlandi. Shu munosabat bilan Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida V respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tantana qatnashchilarini Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sherzod Polvonov qutlab, bu borada belgilangan barcha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yuqori saviyada oʻtkazilishiga ishonch bildirdi.

Aytish joiz, Fargʻona viloyati azaldan kitobsevar, adabiyotga ixlosi baland boʻlganlar yurti. Shu bois kitobxonlik madaniyatini oshirish yoʻlida koʻplab ijobiy islohotlar bugun oʻz natijasini bermoqda.
Xususan, keyingi yillarda viloyatda davlat xizmatchilarining kitob mutolaasiga qiziqishini rivojlantirish maqsadida “Fargʻona tajribasi” sifatida viloyat hokimining qarori bilan “Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasi tashkil etildi.

Oʻz navbatida, mamlakatimizda ilk marotaba Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tashabbusi bilan 2025-yil viloyatda “Kitobxonlik yili” sifatida eʼlon qilindi. Kitobxonlik yilida koʻplab loyihalar, tadbirlar, tanlovlar, kitob festivallari, eng asosiysi “Central Asia-2025” Fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Anjumanda 400 nafar mahalliy soha mutaxassislari bilan bir qatorda 30 nafar xorijiy ekspertlarning ishtiroki kutilmoqda.
Xalqaro konferensiya doirasida Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining 125 yilligi ham keng nishonlanadi. Ziyo maskani 1899-yili ochilgan boʻlib, hozirgi kunda 30 dan ortiq tilda va turli axborot tashuvchilardagi 350 ming nusxadan koʻproq universal jamgʻarmaga ega.

Yaqinda kutubxona Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan 12,7 milliard soʻm mablagʻ evaziga qayta taʼmirlanib, kitobxonlar uchun barcha qulay shart-sharoitlar, zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan jihozlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring