Farg‘onada xususiy neftni qayta ishlash korxonasi faoliyat boshlaydi

Foto: “Xalq so‘zi”
Ayni kunlarda Farg‘ona shahrida yirik xususiy neftni qayta ishlash korxonasi qurilishi ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Loyiha qiymati 2 million dollar bo‘lib, “Trans Qualitiy oil” MCHJ jamoasi ushbu tashabbusni o‘z mablag‘i hisobidan amalga oshirishni rejalashtirgan.
Korxonada yiliga 140 ming tonna neft qayta ishlanadi va 70 million dollardan ortiq mahsulot ishlab chiqariladi. Yangi korxonada 120 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, ezgu maqsadni tezroq ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini aytib o‘tdi. Bu borada viloyat hokimligi hamisha tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi taʼkidlandi.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring