Fargʻonada Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fargʻona shahrida Xotira xiyobonida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Ushbu ezgu anʼana doirasida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, huquq-tartibot idoralari, davlat boshqaruv organlari va jamoatchilik vakillari ham haykal poyiga anvoyi gullar qoʻyishdi.

Xiyobon atrofida harbiy orkestr sadolari yangrab, shu kunning ruhini yanada yuqori tarzda his ettirdi. Muzey-memorial majmuasidagi ona va bola timsolini aks ettirgan haykal, yozuvlar hamda barcha ramzlar xalqimiz boshidan kechgan ulugʻ sinovlar, urush dahshatlari, azob-uqubatlar va beqiyos yoʻqotishlarni yodga soladi. Shu bilan birga, xalqimiz tomonidan koʻrsatilgan jasorat, sabr-toqat va qahramonlikning yorqin ifodasidir.
— Prezidentimizning Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan tabrigida qayd etilganidek, bu – zamon va makon chegarasini bilmaydigan chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir, — deydi “Nuroniy” jamgʻarmasi Fargʻona viloyati boʻlimi raisi, senator Zokirjon Rahmonov. — Bugungi kunda viloyatimizda ham bunday qahramonlarimiz mehr va gʻamxoʻrlik ogʻushida umrguzaronlik qilmoqdalar.

Tantanali tadbirlar doirasida “Vatanparvarlar bogʻi” hamda xiyobon hududlari odamlar bilan gavjum boʻlib, urushning mudhish oqibatlari va tinchlik qadri yana bir bor yodga olindi. Yurtdoshlar qalbida tinch va farovon hayot uchun shukrona tuygʻulari joʻsh urdi.
Qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona shahrining markaziy koʻchalari boʻylab “Otliq kavaleriya” paradi ham oʻtkazildi. U oʻzgacha koʻrinishda tashkil etilgani bilan jamoatchilik eʼtiborini tortdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring