Fargʻonada ijtimoiy soha obyektlarini isitish tizimlarini modernizatsiya qilishdagi talon-torojlik holati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan ajratilgan mablagʻlar evaziga shahardagi ijtimoiy soha obyektlarini isitish tizimini modernizatsiya qilishda rasmiy hujjatlarga bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 238,3 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring