Farg‘onada islom dini ravnaqiga xizmat qiluvchi yirik maʼrifiy hamda ilmiy-amaliy markaz tashkil etiladi

Foto: “Xalq so‘zi”
Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro granti asosida Rishton tumanida joylashgan Burhoniddin ar-Roshidoniy al-Marg‘inoniy ziyoratgohini rekonstruksiya hamda restavratsiya qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Bu borada ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra, “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi hududida zamonaviy bino-ishootlar quriladi. “Fiqh” ilmiy-amaliy markazi tashkil etilib, tumanda ziyorat turizmini yana-da rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov loyiha doirasida olib borilayotgan izchil saʼy-harakatlar bilan tanishib, yangi majmuada dinimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodimiz Burhoniddin al-Marg‘inoniyning hayoti va asarlariga bag‘ishlangan muzey tashkil etish ham maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring