Fargʻonada giyohvand moddalarni temir buyumlarga almashtirmoqchi boʻlgan ayollar qoʻlga olindi

12:47 16 Avgust 2022 Jamiyat
336 0

Foto: Illustrativ foto

Quvasoyda (Fargʻona viloyati) giyohvand moddalarni temirga almashtirmoqchi boʻlgan ayollar qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 10-avgust kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan «Koʻkilon» mahallasi hududida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ikki ayol gashish moddasini 938 kg temirga almashtirmoqchi boʻlgan. Ular ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar, shuningdek ularni realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hibsga olinganlarga 20 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?