Fargʻonada fuqaroning tadbirkorlik faoliyati qonuniylashtirildi

18:13 13 Sentyabr 2022 Jamiyat
500 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshtepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida, fuqaro S.Muxammadjonov oʻz xonadonida tegishli hujjatlarsiz profil eshik va romlar ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, uning faoliyati qonuniy yordam berildi.

Bu yerda oʻrnatilgan uskunalar 1 oyda 60 dona eshik va romlar ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, oʻz faoliyatini 3 oy oldin yoʻlga qoʻygan.

Olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida qonuniy tadbirkorlik faoliyatining afzalliklari, soliq imtiyozlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Natijada tadbirkor ortiqcha ovoragarchiliklarsiz shu yerning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, “Oltin yulduz eshik rom” MCHJ tashkil etilib, 4 nafar yoshning rasman ish bilan bandligi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?