Fargʻonada fuqaroni Koreya Respublikasiga ishga joʻnatishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

18:47 15 Avgust 2022 Jamiyat
220 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati Toshloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.I. fuqaro R.ni tanishlari yordamida Koreya Respublikasiga ishga joʻnatish evaziga olgan 5 400 AQSH dollaridan 1 000 AQSH dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?