Fargʻonada fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona shahrida “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini oʻtkazish boʻyicha Respublika koʻmaklashuv komissiyasi raisi oʻrinbosari Tolibjon Madumarov, Oliy Majlis Senati devonining Tashkiliy ishlar boʻlimi mudiri, Respublika koʻmaklashuv komissiyasi kotibi Abdurahmon Boboyev, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari ishtirok etdi.
Seminarda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi viloyat komissiyasi masʼullari, shahar-tumanlar komissiyalari, ishchi guruh raislari, mahalliy Kengashlarning kotibiyat mudirlari, hokimliklarning tashkiliy-kadrlar guruhlari rahbarlariga mahallalar hayotidagi ushbu muhim tadbirning huquqiy negizi haqida batafsil tushunchalar berildi. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va uni oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlarning asosiy vazifalari toʻgʻrisida maʼruza tinglandi.
Maʼlumki, shu yilning 16-mart kuni qabul qilingan Oliy Majlis Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori asosida mamlakatimizdagi barcha oʻzini oʻzi boshqarish organida mazkur saylovni qonun talablariga koʻra uyushqoqlik bilan tashkil etishga ustuvor eʼtibor qaratilmoqda.
Fargʻonada oʻtgan ayni tadbirda mahalla raislari saylovining tashkiliy-huquqiy tomonlari yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring