Fargʻonada eronlik investorlar ishtirokida tyexnopark ochiladi

Foto: "Xalq so'zi"
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Margʻilon shahridagi “Mr. fish company” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi muassisi, eronlik ishbilarmon Shafi Gʻulom Rizo hamda investor Katayun Behzadini qabul qildi.
Uchrashuvda korxona tomonidan gilamchilik, baliqchilik va baliq ozuqasi ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi rejalar xususida soʻz bordi.
Shafi Gʻulom Rizo viloyat rahbariga korxona hududida texnopark tashkil etish ayni muddao ekanini, Eronning qator innovatsion kompaniyalari bu loyihaga katta qiziqish bildirayotganini qayd etdi.
Shuningdek, eronlik tadbirkorlar bino tomida 4 gektarlik gidroponika usulida issiqxona barpo etishni rejalashtirmoqda. Loyihaga koʻra, issiqxona quyosh energiyasi bilan isitiladi, baliq yetishtirishda foydalanilgan suv ekinlarni sugʻorishga yoʻnaltiriladi.
Yuzma-yuz muloqotda turizmni rivojlantirish maqsadida Fargʻona yoki Margʻilonda muntazam ravishda ipak gilamlar koʻrgazmasini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring