Fargʻonada erkak ikkinchi xotinini urib, jagʻini sindirdi

Illyustrativ foto
Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi shaxs qoʻshxotinlik va oilaviy zoʻravonlik uchun jinoiy jazoga tortildi.
Sud hujjatlarida keltirilishicha, 2001-yilda tugʻilgan D.Oʻ. Oltiariq tumanining Sharq mahallasidagi uyida 2023-yilning avgust oyidan 2024-yilning may oyiga qadar X.T. va S.I. bilan er-xotin sifatida yashab kelgan. Erkak 2024-yil 24-may kuni turmush oʻrtogʻi S.I. bilan janjallashib, homiladorligini bilgani holda uning yuziga musht tushirgan.
Oqibatda S.I.ning pastki jagʻ suyagi ikki joyidan sinib, u oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati olgan. D.Oʻ. sudda aybiga toʻliq iqror boʻlgan hamda qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Sud hukmi bilan D.Oʻ. Jinoyat kodeksining 126-moddasi (koʻp xotinli boʻlish) va 126-1-moddasi 5-qismi “b” bandida (homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
- Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
- Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring