Fargʻonada "yer sotuvchilar" qoʻlga olindi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departement
Xoʻjaobod va Oltiariq tumanlarida firibgarlar tomonidan yer sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departement xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning Xoʻjaobod tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.M. boshqa bir fuqaro Oʻ.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida tumandagi “Manak” MFY hududidan baliqchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaligini tashkil qilish maqsadida 35 gektar yer maydonini ajratib berish evaziga 7 000 AQSH dollari va 33 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Oltiariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.M. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga turmush oʻrtogʻi M. rahbarligidagi “M.S.” fermer xoʻjaligiga qarashli 1 gektar yer maydonini uzum bogʻi barpo etish uchun ajratib berish evaziga 8 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan oʻz aybiga iqror boʻlib qaytargan 5 000 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring