Fargʻonada yer savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi

10:37 23 Sentyabr 2022 Jamiyat
197 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “R.» xususiy firmasi rahbari N.Ch. korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Yozyovon tumani hududidan ajratilgan 23 sotix yer maydonini fuqaro M.ga 15 000 AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, 10 000 AQSH dollari va 55 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?