Fargʻonada yer savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi

14:18 16 Avgust 2022 Jamiyat
279 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.M. boshqa bir fuqaro A.ga tumandagi “Shifokor” MFY hududida joylashgan 30 sotix zaxira yer maydonini 9 000 AQSH dollariga rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 70 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?