Fargʻonada yer maydoni savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi

10:46 29 Sentyabr 2022 Jamiyat
303 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.N. boshqa bir fuqaro B.S.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Z.F.” MCHJga gulchilikka ixtisoslashgan issiqxona qurish uchun ajratib berilgan, 4,5 gektar yer maydonini 35 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?