Fargʻonada “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovi  gʻolib va sovrindorlari ragʻbatlantirildi

16:10 30 Avgust 2022 Jamiyat
356 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimiz mustaqilligining oʻttiz bir yilligiga bagʻishlangan “Eng ulugʻ, eng aziz” anʼanaviy respublika koʻrik-tanlovining Fargʻona viloyati bosqichi gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.

Oʻzbekiston Jurnalistlari uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kinematografiya agentligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida oʻtkazilayotgan koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi gʻoliblari Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan tadbirda tantanali ravishda eʼlon qilindi.

— Eng ulugʻ, eng aziz bayramga taraddud ishlari jarayonida hududlarda olib borilayotgan keng koʻlamli hayotbaxsh islohotlar ijodiy jamoamiz tomonidan keng yoritildi, — deydi Fargʻona viloyati teleradiokompaniyasi muharriri Sohiba Abdurahmonova. — Bugun kamtarona ijodiy faoliyatim munosib baholanib, tanlov gʻoliblari safidan oʻrin olganimdan behad mamnunman.

Tadbirda televideniye, bosma davriy nashrlar, internet jurnalistikasi, publitsistika, badiiy ijod, rassomchilik kabi yoʻnalishlarda gʻolib topilgan faxrli oʻrin sohiblari va sovrindorlariga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?