Fargʻonada elektromobillar ishlab chiqariladi

12:22 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
500 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona shahridagi Mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasida “Central Asia Motors” korxonasi tomonidan elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi doirasida soʻnggi bosqichdagi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu tariqa korxonada keyingi ikki yilda bosqichma-bosqich elektromobillar uchun ehtiyot qismlar tayyorlashni oʻzlashtirish hamda yengil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish ishlari nihoyasiga yetkazilyapti. Loyihani hayotga tatbiq etish uchun 5 mln. dollar tadbirkorning oʻz mablagʻi, 5 mln. dollar bank krediti hamda 40 mln. dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilgan.

Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmatining “Xalq soʻzi” muxbiriga maʼlum qilishicha, loyiha toʻliq yakunlanganidan keyin korxonada 350 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi. Bu yerda yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi va uning 40 foizi eksportga yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, loyiha tashabbuskorlari tomonidan viloyatda elektromobillar uchun kuzov, zaryad stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish koʻzda tutilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер