Fargʻonada ehtiyojmand oilalarga bepul un tarqatilmoqda

Illyustrativ foto
Prezidentimizning 2022-yil 25-maydagi “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Fargʻona viloyatida xayrli ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar-tuman boʻlinmalari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari tomonidan “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalarga bepul un tarqatilyapti.
— Davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻnglimizni togʻday koʻtaradi, — deydi Dangʻara tumani “Istiqlol” MFYda yashovchi Gullola Xoliqova. — 6 farzandim bor. Kuni kecha oilamizning har bir aʼzosiga 20 kilogrammdan bepul un yetkazib berildi. Bu ham biz uchun katta madad.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Bahodir Yoʻlbarsovning qayd etishicha, ayni jarayonda ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlgan 8 ming 350 oilaga umumiy qiymati 3 mlrd. 424 mln. 600 ming soʻmlik bepul un tarqatish ishlari davom etmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring