Fargʻonada doʻstlik festivali oʻtkazildi

15:30 04 Avgust 2022 Jamiyat
245 0

Foto: Xalq so‘zi

Ayni paytda Fargʻona viloyatida yuzlab millat va elat vakillari doʻstlik va qardoshlik oilasida oʻzaro ahil-inoqlikda umrguzaronlik qilmoqdalar.

Fargʻona shahrida qurib bitkazilgan Doʻstlik uyida 8 ta milliy madaniy markaz samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Har bir bayramda milliy qadriyat va anʼanalar namoyon etilib, tantanalar oʻzgacha shodiyona bilan nishonlanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy qilingan Xalqlar doʻstligi kuni koʻp millatli Fargʻonada koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi.

— Fargʻona shahrida joylashgan viloyat teatr-konsert saroyi ochiq sahnida tashkil etilgan doʻstlik festivalida xalqimizning eng goʻzal fazilatlari koʻz-koʻz qilindi, — deydi viloyat qirgʻiz milliy madaniy markazi faoli Metinboy Karimov. — Barcha milliy madaniy markaz faollari endilikda eng ulugʻ, eng aziz bayram — mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonalariga qizgʻin tayyorgarlikni boshlab yuborganlar.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер