Fargʻonada deputat tashabbusi bilan 20 nafar bolajonning sunnat toʻyi oʻtkazildi

17:07 11 Avgust 2022 Jamiyat
316 0

Foto: Xalq so‘zi

Eng ulugʻ, eng aziz bayram – istiqlolimizning 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida joylarda xalqimizga xos ezgu qadriyatlar asosida keng koʻlamli xayr-saxovat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Fargʻona tumanida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Xalq deputatlari Fargʻona tuman Kengashi deputati Bekzodjon Rayimov homiyligida navbatdagi xayrli tadbir tashkil etildi. Yaʼni “Mindon” mahalla fuqarolar yigʻinida “Ayollar daftari” va “Temir daftar” roʻyxatida turuvchi ehtiyojmand oilalardagi 20 nafar bolajonning sunnat toʻyi oʻtkazilib, elga dasturxon yozildi.

Tadbir doirasida maktab yoshiga yetgan bolajonlar uchun maktab formalari, oʻquv qurollari, yotoq mebellari, oʻyinchoqlar hamda velosipedlar sovgʻa qilindi. Shu kuni deputat tomonidan tumandagi surunkali kasalliklar bilan ogʻriyotgan bemorlari bor bir necha oilalarga ham moddiy koʻmak ulashildi.

— Xalqimizning bizga boʻlgan ishonchini, umidini oqlashimiz zarur, — deydi yosh deputat B. Rayimov. –Bunday ezgu maqsad yoʻlidagi ishlarimiz bardavom boʻlishi uchun astoydil harakat qilamiz.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?