Fargʻonada chet el valyutasini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:32 17 Avgust 2022 Jamiyat
213 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman markazidagi aviakassa atrofida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro U.R. fuqaro D.ga jami 3 250 AQSH dollarini 35,7 mln soʻmga sotishga kelishib, shundan 1 750 AQSH dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?