Fargʻonada bu yil 102 ming nafardan ziyod abituriyent test topshiradi

14:26 08 Avgust 2022 Jamiyat
417 0

Foto: Xalq so‘zi

Bugun ertada tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Fargʻona shahrida ham abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi.

— Test sinovlari 13 kun davomida ikki smenada oʻtkazilib, bir smenada 4 ming 200 nafar abituriyent imtihon topshiradi, — deydi Davlat test markazining Fargʻona viloyati boʻlimi boshligʻi Ismoiljon Shokirov. — Shu maqsadda Fargʻona davlat universiteti, Margʻilon shahridagi 2-bolalar va oʻsmirlar sport maktabi stadioni hamda anklav hududligini inobatga olib, Soʻx tumanida joylashgan “Soʻgʻdiyona” stadioni test sinovlari oʻtkazish uchun mukammal tayyorlandi.

Abituriyentlar uchun qulay ob-havo sharoiti vaqti tanlanib, quyoshdan saqlanish uchun bepul bosh kiyim, salqin ichimliklar tarqatilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?