Fargʻonada bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyuta olib chiqilishining oldi olindi

Foto: Xalq so‘zi
Bojxona organlari tomonidan valyuta qimmatliklarini turli qingʻirliklar bilan mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqishga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi “Fargʻona” chegara bojxona xodimlari post orqali harakatlanayotgan fuqaro I.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtotransport vositasini belgilangan tartibda koʻzdan kechirdi. Natijada avtomashina salonida yashirin joyda bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan, belgilangan meʼyordan ortiqcha boʻlgan jami 20 ming AQSH dollari miqdoridagi valyuta qimmatliklari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Yana bir shunga oʻxshash holat. “Fargʻona aeroporti”da xorijga uchib ketish maqsadida post orqali “yashil yoʻlak” orqali harakatlanayotgan fuqaro N.R. toʻxtatilib, unga tegishli boʻlgan qoʻl yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Ushbu yuklar orasida bojxona organi xodimining ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan hamda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan 9 ming AQSH dollari miqdoridagi valyuta qimmatliklari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring