Fargʻonada Bosh vazir oʻrinbosari xotin-qizlar uchun sayyor qabul oʻtkazdi

14:17 12 Avgust 2022 Jamiyat
237 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona shahridagi Tadbirkorlar uyida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulga tashrif buyurgan qirqqa yaqin ayollarning uy-joy taʼminoti, yashash xonadonlarini taʼmirlash, imtiyozli kredit va subsidiya ajratish, bandlik, salomatligini tiklash, oilaviy nizolarni hal qilishga doir murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning aksar qismi shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoki boshlash istagida boʻlgan, “Ayollar daftari” roʻyxatida turgan bir guruh xotin-qizlarga tikuv mashinalari hamda pishiriq pechlari taqdim etildi.

— Bugun men ham zamonaviy tikuv mashinasini oldim, — deydi fargʻonalik Matluba Oʻrinboyeva. — Chevarlik qoʻlimdan keladi. Endi tikuvchilik bilan shugʻullanib, oilamizning doimiy daromad manbaini taʼminlash imkoniga ega boʻlganimdan behad mamnunman.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?