Fargʻonada bogʻcha-maktab-oliygohdan iborat zamonaviy yapon taʼlim majmuasi barpo etiladi

Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiyaning “Yamanashi Gakuin” taʼlim korporatsiyasi boshqaruvi vakillari Daiji Yamada va Samuyel Tanni qabul qildi.
Uchrashuvda viloyat taʼlim tizimida Yaponiya tajribasini tadbiq qilish loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi.
“Yamanashi Gakuin” taʼlim majmuasi anʼanaviy yapon madaniyati va qadriyatlariga asoslangan boʻlib, unda maktabgacha taʼlim muassasasi, umumiy oʻrta maktab, kollej va universitet bitta yaxlit shaharchani tashkil etadi. Kompaniya muassisligida real va virtual taʼlimga yoʻnaltirilgan innovatsion oʻquv metodikasi ishlab chiqilgan hamda ushbu tizim raqamli oʻquv platformasi yordamida amalga oshiriladi.
Kompaniya mutasaddilari maktabgacha taʼlim muassasasi va umumtaʼlim maktabi loyihasi uchun 10 million dollargacha investitsiya kiritishga tayyor ekanligini maʼlum qilishdi. Yangi taʼlim majmuasini Fargʻona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida joylashtirish borasida oʻzaro fikr almashildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Oʻzbekiston Prezidentining 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator muassasalarga tashrifi jarayonlaridan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaji
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- AQSH Gʻarbni Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga chaqirmoqda
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Yevropada bir vaqtning oʻzida ham gripp, ham koronavirusni yuqtirgan bemorlar koʻpaymoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring