Fargʻonada BMTning Xalqaro moliya korporatsiyasi koʻmagida koʻp tarmoqli shifoxona ochish rejalashtirilmoqda

10:00 12 Sentyabr 2022 Jamiyat
267 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan muassasasi – Xalqaro moliya korporatsiyasi vakili Paul da Rita va “Pricewaterhouse Coopers” xalqaro auditorlik tashkilotining Hindistondagi direktori Sharma Prakashni qabul qildi.

Yuzma-yuz uchrashuvda Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi koʻmagida Fargʻonada koʻp tarmoqli shifoxona tashkil etish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish masalasi koʻrib chiqildi.

Prezidentimizning 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasida navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi Farmoni doirasida barpo etiladigan ushbu tibbiyot muassasasi jahon andozalari darajasida faoliyat koʻrsatadi. Ayni paytda 10 nafar mutaxassislardan iborat Xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari guruhi Fargʻona viloyatida boʻlib, loyiha konsepsiyasi va baholash hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar.

Belgilangan rejaga koʻra, joriy yil yakuniga qadar tender hujjatlarini ishlab chiqish hamda tender eʼlon qilish koʻzda tutilmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?