Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi

08:53 24 Mart 2025 Jamiyat
255 0

Foto: Fargʻona FVB

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin sodir boʻlgan.

FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.

Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.

Shuningdek, 23-mart kuni soat 22:09 da Oʻzbekiston tumani “Oqtepa” MFY hududida joylashgan transformatorning moyida yongʻin kelib chiqqan.

Yongʻin-qutqaruvchilari hodisa yuz bergan hududga soat 22:14 da yetib borib, 22:21 da yongʻin bartaraf etgan.

FVBga koʻra, alanga tufayli hech kim jabrlanmagan.

Hozirda har ikki holatda ham yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер