Fargʻonada bir xonadondan 1400 dan ortiq kuchli taʼsir qiluvchi hamda yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalari topildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjaobod tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.B. va boshqalar, 240 dona “Tropikamid”, 2,1 ming dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro F.T.ga 28 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Fargʻona tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro O.A.ga 1 980 dona “GULSEF-SB” nomli dori vositasini 28,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 22 dona “Ferasoft-S” va 5 dona “Ferrac” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, X.A.ning xonadonidan jami 1 470 dona “Mikonid”, “FerroZinc”, “Immuzinc” hamda yaroqlilik muddati oʻtgan 434 dona “HINDCEF-SB”, “BAZOTSID” va “LikoMast” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring