Fargʻonada “Besh tashabbus” olimpiadasi ikkinchi mavsumi gʻoliblari taqdirlandi

Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona viloyat teatr-konsert saroyida “Besh tashabbus” olimpiadasi ikkinchi mavsumi shahar bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tantanali tadbirda Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat va shahar sektorlari rahbarlari qatnashdi.
Tadbir davomida “Besh tashabbus” olimpiadasi Fargʻona shahar bosqichi gʻolib va sovrindorlari boʻlgan 200 nafarga yaqin yoshlar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
— Bugungi tadbirda Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi 150 nafar yoshga oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish boʻyicha kontrakt toʻlovi, 50 nafar yigitga safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmat uchun toʻlov toʻlab berildi, — deydi Fargʻona shahar hokimi oʻrinbosari Yusufjon Yusupov. — Oʻz navbatida 178 nafar yigit-qizga zamonaviy kasblarni egallashi uchun subsidiya ajratilgani haqidagi sertifikatlar topshirildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring