Fargʻonada ayollar sport bayrami

19:50 07 Mart 2022 Jamiyat
561 0

Foto: Халқ сўзи

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Fargʻona shahrida ayollar sport festivali boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida “Salomatlik uchun 5000 qadam” yurish marafoni, velomarafon, ommaviy badantarbiya, gimnastrada, yoga mashgʻulotlari hamda stol tennisi, badminton, milliy va etnosport turlaridan arqon tortish, argʻimchoqda sakrash musobaqalari tashkil etildi.

— Ayollar sport bayramiga aylangan ushbu tadbirda 500 nafardan ziyod opa-singillarimiz ishtirok etdi, — deydi Fargʻona viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimov. — Zotan, xotin-qizlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, shu orqali oilalarda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadlari koʻzlangan bunday tadbirlar viloyatimizda muntazam va izchil oʻtkazib kelinadi.

Festival yakunida faol ishtirokchilar tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?