Fargʻonada ayol oʻzi bilan jinsiy aloqada boʻlgan erkakdan videoni tarqatib yubormaslik uchun pul talab qildi

10:51 25 Fevral 2021 Jamiyat
3485 0

Fargʻona viloyatida IIBga kelib tushgan xabarga koʻra ikkinchi mintaqaviy hududga kiruvchi Qoʻqon shahrida Milliy gvardiya, IIO FMB va DXX masʼul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Joriy yilning 22-fevral kuni kelib tushgan ushbu xabar oʻrganilganda Qoʻqon shahrida yashovchi fuqaro T.M.dan Xoʻqandiy mavzesida yashovchi “Barno” ismli ayol oʻzi bilan birga jinsiy aloqa qilganligi holati tushirilgan video tasvirlar borligini va ushbu video tasvirlarni oʻchirib tashlashlik uchun 2.000 AQSH dollari miqdoridagi pulni talab qilganligi agarda bu pullarni bermasa video tasvirlarni tarqatib, yaqinlariga koʻrsatish orqali sharmanda qilishini aytib qoʻrqitib kelayotganligi maʼlum boʻlgan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Qoʻqon shahar Xoʻqandiy mavzesidagi koʻp qavatli uylarning biri oldida oʻzaro kelishilgandek “Barno” ismli ayol va uning voyaga yetmagan jiyani Sh.R.lar birgalikda tovlamachilik yoʻli bilan fuqaro M.T.dan 2.000 AQSH dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Qoʻqon shahar IIB xodimlari tomonida olib borilgan dastlabki oʻrganishlar davomida “Barno” ismli ayol Qoʻqon shahrida yashovchi 1996-yilda tugʻilgan fuqaro Q.O. ekanligi maʼlum boʻlgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?