Fargʻonada 90 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining yashirin savdosiga chek qoʻyildi

15:41 09 Avgust 2022 Jamiyat
224 0

Foto: Xalq so‘zi

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan va aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining noqonuniy ravishda olib kirilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda tezkor tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi ana shunday tadbirda Qoʻshtepa tumani hududida harakatlanayotgan N.S.boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada avtomashina saloni va yukxonasida noqonuniy olib kirilgan va aksiz markalari boʻlmagan, umumiy qiymati 90 million soʻmlik 2 turdagi jami 9 ming quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlumotiga qaraganda, boshqarma xodimlari tomonidan joriy yilning yetti oyi mobaynida 29 ta holatda umumiy qiymati 1 mlrd. 421 mln. soʻmlik 173 ming 570 qutidan ortiq tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер