Fargʻonada 6 oyda qariyb 14 mlrd. soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan

17:20 04 Avgust 2022 Iqtisodiyot
585 0

Fargʻona viloyatida joriy yilning 6 oyi davomida 4 157 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar uchun 13 mlrd. 935 mln. soʻm miqdorida qayta hisob-kitob qilingan.

Shundan, aholi isteʼmolchilari tomonidan 2 875 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 3 mlrd. 374,1 mln. soʻm qayta hisob-kitob qilingan.

Bundan tashqari, ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 1 282 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 10 mlrd. 560,9 mln. soʻmga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.

Eng koʻp noqonuniy holatlar Margʻilon, Qoʻqon shaharlari, Buvayda, Toshloq hamda Quva tumanlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?