Fargʻonada 300 gektar maydonda Ekoshahar hamda kichik sanoat hududi barpo etiladi

16:09 16 Avgust 2021 Jamiyat
786 0

Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Fargʻona shahri va tumani tutashgan joyda, Xalqaro aeroport yaqinidagi “Ilgʻor” MFY hududida barpo etilishi rejalashtirilayotgan Ekoshahar hamda kichik sanoat hududi loyihasini muhokamasini oʻtkazdi.

Qayd etilishicha, eski aerodrom hududidan 150 metrlik muhofaza zonasi qoldirgan holda 24 ming ishchi oʻrni yaratiladigan kichik sanoat hududi joylashtiriladigan, soʻngra 10 gektar maydondan iborat yashil hudud bilan qoplanib, 40 ming aholiga moʻljallangan 7-25 qavatli 313 ta koʻp qavatli turar-joylar va ijtimoiy obyektlar bilan davom etadigan Ekoshahar loyihasi jami 300 gektar maydonda amalga oshiriladi.

Xayrullo Bozorov, masʼullarga ushbu shaharchaning oʻrtasidan oqib oʻtishi rejalashtirilgan kanalni qazish ishlariga kirishish, shaharchadagi yashil maydon hududlarini rejasini belgilab, Ekoshaharning obodonlashtirish loyihasini ishlab chiqish, bunda yashil maydonlar va daraxtzor orasida sayr qilish va velosport bilan shugʻullanish uchun yoʻlakchalar boʻlishini hisobga olish, kichik sanoat hududini 50 sotixdan lotlarga ajratib, tashabbuskorlarni aniqlash hamda onlayn auksion orqali savdoga chiqarish va boshqa topshiriqlarni belgilab berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?