Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi

11:39 19 Yanvar 2021 Jamiyat
6507 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumanida ayolni uch nafar shaxs zoʻrlik ishlatib olib ketib, bir oy davomida ushlab turganligi va nomusiga tekkanligi haqida xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, fuqaro S.R. (2001-y.t.) 22.09.2020-yilda Quva tumani IIBga murojaat qilib, uni 25.03.2020-yilda fuqaro T.S. Quva tumanidagi koʻp qavatli uylarga olib borib, voyaga yetmagan D.J. va S.K. lar bilan birga uni va V.M. ismli ayolni bir oy davomida asossiz ushlab turganligi, zoʻrlik ishlatib nomusiga tekkanligini bildirgan.

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, S.R.ni zoʻrlik ishlatib nomusiga tegilganligi, olib ketilganligi va asossiz ushlab turilganligi haqidagi vajlari ekspertiza xulosasi, tushuntirish xatlari va ish yuzasidan toʻplangan boshqa hujjatlar bilan oʻz tasdigʻini topmagan.

Murojaat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan oxirgi marotaba 12.12.2020-yilda jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad qilingan.

Oʻrganish davomida tekshiruv jarayonini bevosita nazorat qilgan Quva tumani prokuraturasi xodimlari xatti-harakatlarida qonun buzilishi holati aniqlanmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?