Fargʻonada 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirib oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirib oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda fuqarolar Sh.U. va A.V. Toshkent shahridagi “G-W.”. va “E-W.” MCHJlar masʼul shaxslari hamda boshqalar oʻzaro til biriktirib, 19 nafar fuqaro nomiga tijorat banki filiallaridan jami 6,3 mlrd soʻm avtokredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit hisobidan fuqarolarga avtomashinalarni yetkazib bermasdan kredit mablagʻlarini talon-taroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring