Fargʻonada 1 milliard soʻmlik uyali aloqa vositalari noqonuniy olib kirilishi oldi olindi

Illustrativ foto
Mamlakatimizga uyali aloqa vositalarini olib kirishga hukumatimiz tomonidan alohida meʼyorlar joriy etilgan boʻlib, unga koʻra jismoniy shaxslar tomonidan 6 oyda bir marotaba bojxona chegaralari orqali oʻz ehtiyojlari uchun uyali aloqa vositalarini olib kirishlari mumkinligi qayd etilgan. Tadbirkorlar tomonidan esa olib kirilgan uyali aloqa vositalari uchun belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlanishi kerak.
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan uyali aloqa vositalarini noqonuniy ravishda olib kirishga qarshi navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida I.A. boshkaruvidagi “KIA Bongo” rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Oltiariq tumani hududida toʻxtatildi va belgilangan tartibda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada avtomashina yukxonasida haydovchi tomonidan noqonuniy olib kirilayotgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 1 milliard soʻmlikdan ortiq uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining “Xalq soʻzi” muxbiriga maʼlum qilishicha, joriy yilning oʻtgan davrda 9 ta holatda umumiy qiymati 2 milliard 600 million soʻmlik 2 ming 700dan ziyod uyali aloqa vositalarining yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirilishi oldi olindi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring