Fargʻona viloyatida qariyb 8 mingta xonadondan iborat 200 ta koʻp qavatli uy bunyod etilmoqda

Foto: Xalq so‘zi
Bu yil Fargʻona viloyatida 7 ming 956 xonadondan iborat 200 ta koʻp qavatli uy-joylar bunyod etish rejalashtirilgan edi. Mana, 2022-yil ham poyoniga yetyapti, xoʻsh, bu reja amalda oʻz isbotini topyaptimi?
— Imkon qadar bu rejani bajarishga, yil oxiriga qadar yuzlab yangi uylarni foydalanishga topshirishga harakat qilinmoqda, — deydi Fargʻona viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi Laziz Pozilov. — Ayni jarayonda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi joriy etilib, obyektlarda qurilish ishlari borishini kuzatish, mablagʻlardan toʻgʻri foydalanish, obyektlarni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish jarayonlari haqida onlayn maʼlumot olish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davrida viloyatda 102 ta aholi yashash punktlarida shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqildi. Oʻz navbatida 38 ta MFY hamda Fargʻona shahri, Fargʻona va Yozyovon tumanlarida qurilayotgan 3 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining, 4 ta MFYning shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi, 3 ta shaharchaning Bosh reja va batafsil rejalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring