So‘x tumanida aerodrom qurilishi ishlari yakunlandi

11:27 17 Oktyabr 2021 Jamiyat
3079 0

Fargʻona viloyati Soʻx tumanida aerodrom qurilish ishlari yakunlandi. Bu haqda Fargʻona viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Navobod mahallasida qurilgan aerodrom maydoni yetti gektar, uzunligi yetti yuz metrni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, aerodrom, kutish zali, restoran, savdo nuqtasi va dam olish joylarini oʻz ichiga oladigan zamonaviy kompleksni qurish uchun davlat byudjetidan 6,8 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.

Sinov reyslari yaqin kunlarga rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?