Fargʻona viloyati sudi raisi tayinlandi

18:05 21 Yanvar 2021 Jamiyat
305 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-yanvar kungi farmoyishiga asosan, Shuhrat Kamolov besh yil muddatga Fargʻona viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Tajribali huquqshunos Shuhrat Kamolov 1997-yilda Buxoro viloyatining Vobkent tuman sudida oʻz faoliyatini boshlab, oʻtgan yillar davomida Buxoro, Jizzax, Navoiy viloyatlari sud idoralarida turli vazifalarda samarali faoliyat olib borgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi MIB Buxoro viloyati boshqarmasida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.

Bugun Fargʻona viloyat hokimligida Shuhrat Kamolov viloyat faollariga tanishtirildi.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?