Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

13:21 04 May 2021 Jamiyat
357 0

Ahmedov Xurshidjon Rustamovich Fargʻona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi maʼlum qildi.

Xurshidjon Ahmedov 1979-yil 6-iyun kuni Qoʻshtepa tumanida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi mintaqashunoslik.

Mehnat faoliyatini 2001-yilda «Asakabank» Fargʻona viloyat boʻlimi mutaxassisi vazifasidan boshlagan. Margʻilon shahar hokimligi bosh mutaxassisi, Qoʻshtepa tumani hokimining oʻrinbosari-tuman investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

Xurshidjon Ahmedov 2020-yil 24-oktyabrdan hozirga qadar Fargʻona viloyati hokimining turizm va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?