Fargʻona viloyati delegatsiyasining Germaniya va Avstriyaga tashrifi samarali boʻldi

12:39 03 Avgust 2022 Jamiyat
210 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi koʻhna qitʼaga tashrif buyurib, hamkorlik koʻlamini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida bir qator kelishuvlarga erishdi.

Joriy iyul oyining soʻnggi kunlarida Germaniyaning Frankfurt, Nyurnberg, Avstriyaning Mixeldorf shaharlarida moliya institutlari, tibbiyot, sanoat va qishloq xoʻjaligi bilan bogʻliq davlat muassasalari, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazildi.

— Uchrashuvlar chogʻida bu ikki mamlakat tadbirkorlari va moliyachilari Oʻzbekistonni muhim iqtisodiy hamkor sifatida eʼtirof etishgani gʻurur bagʻishladi, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyev. — Shu tariqa tashrif davomida 30 dan ortiq kompaniyalar bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Buning samarasi sifatida umumiy qiymati 238,9 mln. dollarlik 8 ta, jumladan, 232 mln. dollarlik 4 ta investitsiyaviy, 6,9 mln. dollarlik 3 ta eksport shartnomasi hamda bitta hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Muloqotlar davomida fargʻonalik va germaniyalik tadbirkorlar, tadbirkorlik subyektlari, kompaniyalar rahbarlari hamkorlikda biznes faoliyatini yuritish boʻyicha oʻzaro kelishib oldilar.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер