Fargʻona va Samarqandda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

12:49 14 Noyabr 2023 Jamiyat
29 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar I.K., M.K. va boshqalar “Sunbula” MFY hududidagi 2 ta xonadonda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini saqlash uchun “yama” tashkil etib, umumiy bahosi 720 mln soʻmlik 25 xil turdagi jami 52 970 quti xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Tayloq tuman boʻlimi tomonidan Bojxona va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.S. va D.T. xorijda ishlab chiqarilgan 2 000 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini fuqaro G.K.ga 3 660 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir yakunida Sh.S.ning xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelingan jami 2 410 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?